IMLO — oʻzbek matni yordamchisi (Windows uchun)
================================================

Ishga tushirish
  Imlo.exe ni ikki marta bosing. Oʻrnatish shart emas.
  Windows "Noma'lum dastur" deb ogohlantirsa: "Подробнее / More info" -> "Выполнить / Run anyway".
  Kerak: Windows 10 yoki 11 va Internet (tekshiruv emro.uz/imlo serverida bajariladi).

Imkoniyatlar
  - Imlo, grammatika, tinish belgilari va yozuv belgilarini tekshirish
  - Soʻz tarkibi: oʻzak va qoʻshimchalar (soʻz ustiga bosing)
  - Gap tuzilishi: ega, kesim, toʻldiruvchi, aniqlovchi, hol — maktab belgilari bilan
  - Yozuvni oʻgirish: Lotin, Кирилл va yangi alifbo (ş ç ğ ŏ) — "Yozuv" tugmasi;
    kirill va yangi alifbodagi matn ham toʻgʻridan-toʻgʻri tekshiriladi
  - Istalgan dasturda (Word, Telegram, brauzer ...) matnni belgilab Ctrl+Alt+I bosing:
    matn Imloga keladi, tuzatib "Ilovaga qaytarish" tugmasini bosing — tuzatilgan matn
    oʻsha joyga qaytib yoziladi.
  - Avto-tuzatish: Sozlamalarda yoqilsa, ishonchli xatolar (imlo, tinish belgisi, bosh
    harf, ortiqcha boʻshliq ...) oʻzi tuzatiladi. Ctrl+Z bekor qiladi.
  - Yozuvni avtomatik oʻgirish: Sozlamalarda yozuv tanlansa (masalan, Кирилл), Ctrl+Alt+I
    bilan olingan matn oʻsha yozuvga oʻgirilib, tuzatilib beriladi — soʻng "Ilovaga
    qaytarish" bilan dasturga qaytariladi. Masalan, Wordda lotincha yozib, kirillchaga.
  - Doim ustda: "Doim ustda" tugmasi (yoki tray menyusi) oynani barcha dasturlar ustida ushlaydi.
  - Jonli rejim (tajriba): Sozlamalarda yoqilsa, boshqa dasturda yozayotgan matningizni kuzatib,
    toʻxtaganingizda Imloga olib keladi — tugma bosmasdan. Notepad, WordPad va oddiy maydonlarda
    ishlaydi; brauzer, MS Office, aksar IDE lar matnni bermaydi (ularda Ctrl+Alt+I dan foydalaning).
  - Internetsiz ishlatmoqchi boʻlsangiz, saytdan "Oflayn" versiyani (Imlo-Offline-Setup.exe) yuklab oling.

Tugmalar
  Ctrl+Alt+I     belgilangan matnni tekshirish (har qanday dasturda)
  Alt+Enter      tavsiyani qabul qilish
  Alt+↓ / Alt+↑  keyingi / oldingi xato
  Alt+Delete     eʼtiborsiz qoldirish
  Ctrl+O / Ctrl+S  fayl ochish / saqlash

Oyna yopilsa, Imlo soat yonida (trayda) ishlab turadi. Butunlay chiqish: tray belgisi ->
oʻng tugma -> "Chiqish". Sozlamalarda "Windows bilan birga ishga tushirish" mumkin.

Sozlamalar va shaxsiy lugʻat: %APPDATA%\Imlo
Sayt: https://emro.uz/imlo/
