⌂Barcha darslar📁Dars materiallari1 / 1 7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari — yo‘riqnoma
7
YETTINCHI AMALIY MASHG‘ULOT
Korxona ilovalarini dasturlash · 2 soat · 7-mavzu

REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari

Jamoa loyihasi bosqichi · 5 ta PHP topshiriq · avtomatik tekshiruv · o‘qituvchi bahosi
REST
HTTP
JWT
OpenAPI
API Resource
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
1 / 22
Mashg‘ulot maqsadi

Amaliy mashg‘ulot oxirida siz quyidagilarni bajara olasiz...

1
Yaratish — mahsulotlar va buyurtmalar uchun /api/v1 REST endpointlarini (API Resource, Form Request)
2
Sozlash — php-open-source-saver/jwt-auth orqali JWT autentifikatsiya: login, refresh, logout
3
Qo‘llash — sahifalash, filtrlash va RFC 7807 formatidagi yagona xato javoblarini
4
Hujjatlash — API ni Scribe yordamida OpenAPI spetsifikatsiyasi va /docs sahifasi bilan
5
Tekshirish — endpointlarni Postman kolleksiyasi va newman orqali
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
2 / 22
Ish tartibi va baholash

Qanday bajariladi va qanday baholanadi?

Ish tartibi

  1. Saytga login va parolingiz bilan kiring: emro.uz/korxona/kirish.html
  2. 7-amaliy sahifasini oching (oxirgi slayddagi QR kod).
  3. Yo‘riqnoma bo‘yicha jamoa loyihasida bosqichni bajaring, commit va push qiling.
  4. PHP topshiriqlarni yeching: ▶ Sinab ko‘rish → ✓ Topshirish (yashirin testlar).
  5. Loyiha havolasini (GitHub repo, PR yoki tag) topshiring — o‘qituvchi baho qo‘yadi.

Baholash mezonlari

  • Natija — loyiha bosqichi mezonlar ro‘yxati bo‘yicha bajarilgan.
  • Topshiriqlar — PHP topshiriqlar testlardan o‘tgan.
  • Kod sifati — tushunarli nomlar, PSR-12, kichik va mazmunli commitlar.
  • Jamoaviy hissa — har bir a’zo o‘z qismini tushuntira oladi; ko‘chirilgan ish baholanmaydi.
  • Muddat — muddatdan keyin topshirilgan ish “kechikkan” deb belgilanadi.
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
3 / 22
01

1-qadam. API skeleti: marshrut, Resource, validatsiya

install:api · Api/V1 controllerlar · ProductResource · OrderResource · 201/422/409
install:api
make:resource
apiResource
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
4 / 22
TERMINAL

Skelet buyruqlari

php artisan install:api
php artisan make:controller Api/V1/ProductController --api
php artisan make:controller Api/V1/OrderController --api
php artisan make:resource ProductResource
php artisan make:resource OrderResource
php artisan make:resource OrderItemResource
php artisan route:list --path=api/v1
▶ NATIJA
INFO  API scaffolding installed. Please add the
[Laravel\Sanctum\HasApiTokens] trait to your User model.
INFO  Controller [app/Http/Controllers/Api/V1/ProductController.php] created successfully.
install:api
routes/api.php + Sanctum; /api prefiksi avtomatik
--api
5 ta API metodi; --model=Product bilan Product $product binding
make:resource
app/Http/Resources ichida JsonResource sinfi
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
5 / 22
OrderResource

Buyurtma ko‘rinishi

class OrderResource extends JsonResource
{
    public function toArray(Request $request): array
    {
        return [
            'id' => $this->id,
            'number' => $this->number,          // BY-2026-000123
            'status' => $this->status->value,   // OrderStatus enum
            'counterparty' => new CounterpartyResource(
                $this->whenLoaded('counterparty')),
            'total' => $this->total,            // "1155000.00"
            'currency' => $this->currency,
            'items' => OrderItemResource::collection(
                $this->whenLoaded('items')),
            'created_at' => $this->created_at->toIso8601String(),
        ];
    }
}
▶ NATIJA
{"data": {"id": 42, "number": "BY-2026-000042", "status": "draft",
  "total": "1155000.00", "currency": "UZS",
  "items": [{"product_id": 15, "quantity": 3, "price": "385000.00"}]}}
$this->status->value
enum o‘rniga uning satr qiymati: draft, confirmed...
whenLoaded('items')
ro‘yxatda qatorlarsiz, show da qatorlar bilan
OrderItemResource::collection
ichki to‘plam ham Resource orqali
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
6 / 22
CONTROLLER

Servisni chaqiruvchi store va confirm

public function store(StoreOrderRequest $request, OrderService $orders)
{
    $data = OrderData::fromArray($request->validated());
    $order = $orders->create($data);

    return (new OrderResource($order->load('items')))
        ->response()
        ->header('Location', route('v1.orders.show', $order));
}

public function confirm(Order $order, OrderService $orders)
{
    $this->authorize('confirm', $order);         // OrderPolicy
    $order = $orders->confirm($order);           // 409 bo‘lishi mumkin

    return new OrderResource($order->load('items'));
}
▶ NATIJA
POST /api/v1/orders           → 201 Created
POST /api/v1/orders/42/confirm → 200 {"data": {"status": "confirmed"}}
POST /api/v1/orders/42/confirm → 409 problem+json (holat o‘tishi taqiqlangan)
OrderData::fromArray
2-mavzudagi DTO — servis massiv emas, aniq tur oladi
$this->authorize()
5-mavzudagi OrderPolicy; ruxsat yo‘q — 403
$orders->confirm()
tranzaksiya, invariantlar va holat o‘tishi — servisda
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
7 / 22
02

2-qadam. JWT autentifikatsiya

jwt-auth o‘rnatish · api guard · JWTSubject · login, refresh, logout
jwt-auth
auth:api
JWTSubject
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
8 / 22
TERMINAL

jwt-auth ni o‘rnatish

composer require php-open-source-saver/jwt-auth
php artisan vendor:publish \
--provider="PHPOpenSourceSaver\JWTAuth\Providers\LaravelServiceProvider"
php artisan jwt:secret
▶ NATIJA
jwt-auth secret [...] set successfully.

# .env
JWT_SECRET=<tasodifiy 64 belgi — repozitoriyga tushmaydi>
vendor:publish
config/jwt.php — ttl, refresh_ttl, algo, blacklist
jwt:secret
HS256 uchun sir kalit .env ga yoziladi
.env.example
faqat JWT_SECRET= (qiymatsiz) qatori
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
9 / 22
User MODELI

JWTSubject va api guard

// config/auth.php
'guards' => [
    'web' => ['driver' => 'session', 'provider' => 'users'],
    'api' => ['driver' => 'jwt', 'provider' => 'users'],
],

// app/Models/User.php
class User extends Authenticatable implements JWTSubject
{
    public function getJWTIdentifier()
    {
        return $this->getKey();
    }
    public function getJWTCustomClaims(): array
    {
        return ['roles' => $this->getRoleNames()];
    }
}
▶ NATIJA
Token payload: {"iss": ".../api/v1/auth/login", "iat": ..., "exp": ...,
 "sub": "7", "jti": "...", "roles": ["menejer"]}
'driver' => 'jwt'
auth:api middleware shu guard bilan ishlaydi
getJWTIdentifier()
sub da’vosi — foydalanuvchi ID si
getJWTCustomClaims()
qo‘shimcha da’vo: spatie rollari (maxfiy emas)
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
10 / 22
TEKSHIRUV

Autentifikatsiya ssenariysi

1

Tokensiz

GET /api/v1/products → 401 problem+json
›
2

Login

POST /api/v1/auth/login → 200, access_token, expires_in
›
3

Token bilan

Authorization: Bearer ... → 200 va mahsulotlar ro‘yxati
›
4

Rol tekshiruvi

omborchi tokeni bilan POST /orders/42/confirm → 403
›
5

Logout

POST /api/v1/auth/logout → 204; eski token bilan → 401
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
11 / 22
03

3-qadam. OpenAPI hujjati va Postman kolleksiyasi

Scribe · docblock teglari · /docs · collection.json · newman
Scribe
Postman
newman
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
12 / 22
POSTMAN TESTS

Login javobidan tokenni olish

// Login so‘rovi → Tests (Post-response) bo‘limi
pm.test("Login muvaffaqiyatli", function () {
    pm.response.to.have.status(200);
});
const body = pm.response.json();
pm.environment.set("token", body.access_token);

// Kolleksiya → Authorization: Bearer Token = {{token}}
// Mahsulot yaratish so‘rovi → Tests
pm.test("201 va Location", function () {
    pm.response.to.have.status(201);
    const loc = pm.response.headers.get("Location");
    pm.expect(loc).to.include("/products/");
});
▶ NATIJA
POST Login            ✓ Login muvaffaqiyatli
GET  Mahsulotlar      ✓ 200
POST Mahsulot yaratish ✓ 201 va Location
pm.environment.set
token muhit o‘zgaruvchisiga yoziladi
{{token}}
kolleksiyadagi barcha so‘rovlar shu tokenni ishlatadi
pm.test
har bir so‘rov uchun kutilgan status va sarlavhalar
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
13 / 22
TERMINAL

Hujjat yaratish va kolleksiyani yugurtirish

composer require --dev knuckleswtf/scribe
php artisan vendor:publish --tag=scribe-config
php artisan scribe:generate

npx newman run docs/postman/omborpro.postman_collection.json \
  -e docs/postman/local.postman_environment.json
▶ NATIJA
┌─────────────────────────┬──────────┬──────────┐
│                         │ executed │   failed │
├─────────────────────────┼──────────┼──────────┤
│              requests   │       12 │        0 │
│            assertions   │       18 │        0 │
└─────────────────────────┴──────────┴──────────┘
scribe:generate
/docs, /docs.openapi, /docs.postman yangilanadi
newman run
kolleksiyani buyruq qatorida yugurtiradi
-e ...environment.json
muhit: baseUrl, token (repozitoriyda tokensiz)
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
14 / 22
MINIMAL API

Topshirishdagi endpointlar ro‘yxati

EndpointMetodKutilgan status
/api/v1/auth/loginPOST200 / 401 / 422 / 429
/api/v1/auth/refresh, /logoutPOST200 / 204
/api/v1/productsGET, POST200 (sahifalangan) / 201 / 422
/api/v1/products/{product}GET, PUT, DELETE200 / 204 / 404
/api/v1/ordersGET, POST200 / 201 / 422
/api/v1/orders/{order}/confirmPOST200 / 403 / 409
Har bir qator Postman da kamida bitta muvaffaqiyatli va bitta xato so‘rov bilan qoplansin.
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
15 / 22
Loyiha bosqichi

Natija va topshirish

Natija: mahsulotlar va buyurtmalar uchun JWT bilan himoyalangan /api/v1 REST API, yagona problem+json xato formati, Scribe yaratgan OpenAPI hujjati (/docs) va newman bilan muvaffaqiyatli o‘tadigan Postman kolleksiyasi.

Baholash mezonlari

  • routes/api.php da v1 guruhi, Route::apiResource (products, orders) va orders/{order}/confirm amal-endpointi bor.
  • Barcha javoblar API Resource orqali; parol, deleted_at kabi maydonlar chiqmaydi, pul satr ko‘rinishida.
  • Ro‘yxatlar sahifalangan (data, links, meta), per_page 1–100 bilan cheklangan, filtr/saralash oq ro‘yxat bilan.
  • Yaratishda 201 + Location, validatsiyada 422, biznes-xatoda 409 problem+json, ruxsat yo‘qligida 403.
  • JWT: login, refresh, logout ishlaydi; JWT_SECRET repozitoriyda yo‘q; login throttle bilan himoyalangan.
  • /docs sahifasi va OpenAPI fayli Scribe bilan yaratilgan, endpointlar guruhlangan va izohlangan.
  • Postman kolleksiyasi va muhit fayli repozitoriyda; newman run 0 ta xato bilan o‘tadi.
📤 GitHub repozitoriyingizdagi feature/api-v1 Pull Request havolasini yuboring. PR tavsifida route:list --path=api/v1 chiqishi, /docs sahifasi skrinshoti va newman run natijasi bo‘lsin.
Loyiha havolasini shu sahifada topshiring
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
16 / 22
Amaliy topshiriqKompyuterda mustaqil · Oson · 10 ball

4-topshiriq: Authorization sarlavhasidan token

Middleware Authorization sarlavhasidan Bearer tokenni ajratib oladi. Sarlavha null bo‘lishi mumkin. Chetdagi bo‘sh joylar e’tiborga olinmaydi. To‘g‘ri format: Bearer so‘zi (katta-kichik harf farqi yo‘q), kamida bitta bo‘sh joy, so‘ng bo‘sh joysiz token. Boshqa sxema (Basic ...), tokensiz Bearer yoki ichida bo‘sh joy bor token — null.

Imzo: function bearer_token(?string $header): ?string

Qaytaradi: Token satri yoki null.

CHAQIRUV
bearer_token('Bearer abc.def.ghi')
NATIJA
"abc.def.ghi"
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. PHP kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
17 / 22
Amaliy topshiriqKompyuterda mustaqil · O‘rta · 20 ball

5-topshiriq: HS256 JWT yasash

JWT yasang: header ['alg' => 'HS256', 'typ' => 'JWT'], payload — berilgan massiv. Har ikkalasi json_encode (qo‘shimcha bayroqsiz) qilinadi va base64url kodlanadi (+ → -, / → _, oxiridagi = olib tashlanadi). Imzo — header.payload satrining hash_hmac('sha256', ..., $secret, true) xom natijasi, u ham base64url. Natija: header.payload.signature. Sir kalit 8 belgidan qisqa bo‘lsa — InvalidArgumentException.

Imzo: function jwt_yasash(array $payload, string $secret): string

Qaytaradi: Uch qismli token satri.

CHAQIRUV
jwt_yasash(['sub' => 7, 'role' => 'menejer', 'exp' => 1800000000], 'test-sir-2026')
NATIJA
"eyJhbGciOiJIUzI1NiIsInR5cCI6IkpXVCJ9.eyJzdWIiOjcsInJvbGUiOiJtZW5lamVyIiwiZXhwIjoxODAwMDAwMDAwfQ.FiXXdFWcvGc7-qxOPNCSGVBnK3GzC-akzbrSKob3QlA"
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. PHP kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
18 / 22
Amaliy topshiriqKompyuterda mustaqil · O‘rta · 20 ball

6-topshiriq: Ro‘yxat so‘rovi parametrlari

GET /api/v1/products query parametrlarini (satrlar massivi) tekshirib, tayyor so‘rov rejasini qaytaring. page — standart 1, faqat raqamlardan iborat va ≥ 1; per_page — standart 20, 1–100. sort — vergul bilan ajratilgan maydonlar, standart name; ruxsat etilganlar: name, sku, price, created_at; - prefiksi kamayish (desc), aks holda asc. filter — ixtiyoriy massiv: category_id (raqamlar → int) va is_active ('1'/'true' → true, '0'/'false' → false). Har qanday noto‘g‘ri qiymat yoki noma’lum maydon/filtr — InvalidArgumentException.

Imzo: function api_sorov(array $q): array

Qaytaradi: ['page' => int, 'per_page' => int, 'sort' => [[maydon, 'asc'|'desc'], ...], 'filter' => [kalit => qiymat]] — filter kalitlari kirishdagi tartibda.

CHAQIRUV
api_sorov([])
NATIJA
{"page":1,"per_page":20,"sort":[["name","asc"]],"filter":[]}
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. PHP kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
19 / 22
Amaliy topshiriqKompyuterda mustaqil · Qiyin · 30 ball

7-topshiriq: JWT ni tekshirish

Kelgan tokenni HS256 bo‘yicha tekshiring va payloadni qaytaring. Tartib muhim: (1) token aynan 3 ta bo‘sh bo‘lmagan qismdan iborat bo‘lmasa — InvalidArgumentException; (2) header dagi alg HS256 bo‘lmasa (masalan, none) yoki imzo mos kelmasa — UnexpectedValueException (imzoni hash_equals bilan solishtiring); (3) payload JSON obyekt bo‘lmasa yoki unda butun sonli exp bo‘lmasa — InvalidArgumentException; (4) exp <= $now yoki nbf bor va nbf > $now bo‘lsa — DomainException.

Imzo: function jwt_tekshir(string $token, string $secret, int $now): array

Qaytaradi: Payload — assotsiativ massiv (json_decode(..., true)).

CHAQIRUV
jwt_tekshir('eyJhbGciOiJIUzI1NiIsInR5cCI6IkpXVCJ9.eyJzdWIiOjcsInJvbGUiOiJtZW5lamVyIiwiZXhwIjoxODAwMDAwMDAwfQ.FiXXdFWcvGc7-qxOPNCSGVBnK3GzC-akzbrSKob3QlA', 'test-sir-2026', 1790000000)
NATIJA
{"sub":7,"role":"menejer","exp":1800000000}
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. PHP kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
20 / 22
Amaliy topshiriqKompyuterda mustaqil · Qiyin · 30 ball

8-topshiriq: So‘rovlar limiti (rate limiter)

Laravel RateLimiter ga o‘xshash hisoblagich yozing. Konstruktor: $max — oynadagi ruxsat etilgan so‘rovlar, $window — oyna uzunligi (sekund); ikkalasi ham ≥ 1, aks holda InvalidArgumentException. Har bir kalit uchun oyna birinchi so‘rov vaqtidan boshlanadi va start + window gacha davom etadi; $now >= start + window bo‘lsa, yangi oyna ochiladi. hit() so‘rovni hisobga oladi: limit tugamagan bo‘lsa — ruxsat, aks holda rad etadi (rad etilgan so‘rov hisoblagichni oshirmaydi). Kalitlar bir-biridan mustaqil.

Imzo: final class RateLimiter

Qaytaradi: hit(): ['allowed' => bool, 'remaining' => int, 'retry_after' => int]. Ruxsatda retry_after = 0; rad etilganda remaining = 0, retry_after = start + window - now.

CHAQIRUV
(function () { $r = new RateLimiter(3, 60); $o = []; foreach ([0, 10, 20, 30] as $t) { $o[] = $r->hit('u7', $t); } return $o; })()
NATIJA
[{"allowed":true,"remaining":2,"retry_after":0},{"allowed":true,"remaining":1,"retry_after":0},{"allowed":true,"remaining":0,"retry_after":0},{"allowed":false,"remaining":0,"retry_after":30}]
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. PHP kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
21 / 22
Topshiriqlar va topshirish

7-amaliy: 8 ta PHP topshiriq

1

HTTP metodining xossalari

Oson · 10 ball · ma’ruzada
2

Sahifalash meta ma’lumoti

O‘rta · 20 ball · ma’ruzada
3

Problem Details javobi

O‘rta · 20 ball · ma’ruzada
4

Authorization sarlavhasidan token

Oson · 10 ball
5

HS256 JWT yasash

O‘rta · 20 ball
6

Ro‘yxat so‘rovi parametrlari

O‘rta · 20 ball
7

JWT ni tekshirish

Qiyin · 30 ball
8

So‘rovlar limiti (rate limiter)

Qiyin · 30 ball
Telefon kamerasi bilan skanerlang

PHP kod saytda yoziladi va server tomonidan avtomatik tekshiriladi. Loyiha havolasini ham shu sahifada topshirasiz; o‘qituvchi baho qo‘yadi.

7-amaliy mashg‘ulot · REST API: JWT va OpenAPI hujjatlari
22 / 22
3:00
💡 Javoblar
✎ Chiqish chiptasi
🗒 O‘qituvchi eslatmalari
▶ Ushbu dars mashg‘ulotlari
💻 7-amaliy: topshiriqlar va loyiha havolasi📖 Ma’ruza matni01 Moslashtirish02 Natijani toping03 Tasniflash04 Kodni tartiblash05 Xatoni toping06 Yakuniy sinov📁 7-mavzu materiallari
? Qanday foydalanish
MAnimatsiyani yoqish / o‘chirish
→ / SpaceKeyingi (yoki keyingi qism)
←Oldingi
BBosqichma-bosqich ochish yoq/o‘ch
OBarcha slaydlar
NO‘qituvchi eslatmalari
AJavoblar / asosiy amal
PQalam: slaydga chizish
FTo‘liq ekran
EscPanellarni yopish

Kartani ajratib ko‘rsatish uchun ustiga bosing. Tekshiruv va takrorlash slaydlarida javobni ko‘rish uchun bandni bosing. ▶ INTERAKTIV belgili slaydlar — amaliy mashg‘ulotlar.