Dasturlash tillarining tuzilmasi
Laboratoriya ishi oxirida siz quyidagilarni bajara olasiz...
Qanday bajariladi va qanday baholanadi?
Ish tartibi
- Saytga login va parolingiz bilan kiring: emro.uz/dasturlash1/kirish.html
- 1-laboratoriya sahifasini oching (oxirgi slayddagi QR kod).
- Har bir topshiriq: shartni o‘qing → kodni yozing → ▶ Sinab ko‘ring.
- ✓ Topshiring — server kodni yashirin testlar bilan tekshiradi.
- Kod va natija o‘qituvchiga boradi; o‘qituvchi ko‘rib chiqib baho qo‘yadi.
Baholash mezonlari
- To‘g‘rilik — barcha testlardan o‘tish (asosiy mezon).
- Kod sifati — tushunarli nomlar, formatlash, kerakli izohlar.
- Mustaqillik — ko‘chirilgan kod baholanmaydi; kodingizni tushuntira olishingiz kerak.
- Muddat — muddatdan keyin topshirilgan ish “kechikkan” deb belgilanadi.
5-topshiriq: Kvadrat va kub
6-topshiriq: Soat, daqiqa, sekund
Sutka boshidan beri o‘tgan sekundlar soni berilgan. Uni soat, daqiqa va sekundga ajrating.
Kirish: Bitta butun son s (0 ≤ s < 86400).
Chiqish: Bitta qatorda uch son: soat, daqiqa, sekund (bo‘sh joy bilan).
3725
1 2 5
7-topshiriq: Gipotenuza va yuza
To‘g‘ri burchakli uchburchakning katetlari a va b berilgan. Gipotenuzasi va yuzasini toping.
Kirish: Ikki haqiqiy son a, b (0 < a, b ≤ 1000).
Chiqish: Ikki qator: gipotenuza va yuza, har biri verguldan keyin 2 xona.
3 4
5.00 6.00
8-topshiriq: Uch xonali son
Uch xonali musbat son berilgan. Uning raqamlari yig‘indisini va raqamlari teskari tartibda yozilgan sonni toping.
Kirish: Bitta uch xonali son n (100 ≤ n ≤ 999).
Chiqish: Ikki qator: raqamlar yig‘indisi va teskari son (masalan, 120 → 21).
123
6 321
9-topshiriq: Doira
Doira radiusi r berilgan. Aylana uzunligi va doira yuzasini hisoblang. π uchun acos(-1) yoki 3.141592653589793 dan foydalaning.
Kirish: Bitta haqiqiy son r (0 < r ≤ 10000).
Chiqish: Ikki qator: 2πr va πr², verguldan keyin 3 xona.
1
6.283 3.142
10-topshiriq: Yaxlitlash laboratoriyasi
Haqiqiy son x berilgan. Uni to‘rt xil usulda butun songa aylantiring: floor, ceil, round va (int) (kesish).
Kirish: Bitta haqiqiy son x (|x| ≤ 1000000).
Chiqish: To‘rt qator, butun sonlar: floor(x), ceil(x), round(x), (int)x.
2.5
2 3 3 2