Inkapsulyatsiya va merosxo‘rlik
Laboratoriya ishi oxirida siz quyidagilarni bajara olasiz...
Qanday bajariladi va qanday baholanadi?
Ish tartibi
- Saytga login va parolingiz bilan kiring: emro.uz/dasturlash1/kirish.html
- 11-laboratoriya sahifasini oching (oxirgi slayddagi QR kod).
- Har bir topshiriq: shartni o‘qing → kodni yozing → ▶ Sinab ko‘ring.
- ✓ Topshiring — server kodni yashirin testlar bilan tekshiradi.
- Kod va natija o‘qituvchiga boradi; o‘qituvchi ko‘rib chiqib baho qo‘yadi.
Baholash mezonlari
- To‘g‘rilik — barcha testlardan o‘tish (asosiy mezon).
- Kod sifati — tushunarli nomlar, formatlash, kerakli izohlar.
- Mustaqillik — ko‘chirilgan kod baholanmaydi; kodingizni tushuntira olishingiz kerak.
- Muddat — muddatdan keyin topshirilgan ish “kechikkan” deb belgilanadi.
5-topshiriq: Hisob turlari
Hisob asosiy sinfi: protected maydon balans, virtual bool yechish(double) (balansdan oshmasa yechadi), void qoyish(double), virtual void oyOxiri() (hech narsa qilmaydi). Meros sinflar: Jamgarma — oy oxirida balansga foiz % qo‘shadi; Kredit — balans −limit gacha manfiy bo‘lishi mumkin, oy oxirida manfiy balansdan 2% jarima olinadi.
Kirish: Birinchi qatorda hisob turi: oddiy, jamgarma foiz yoki kredit limit. Keyin q va q ta buyruq: + x, - x, oy, ?.
Chiqish: Muvaffaqiyatsiz yechishda RAD; ? uchun balans (2 xona).
jamgarma 10 4 + 1000 oy - 2000 ?
RAD 1100.00
6-topshiriq: Olmos muammosi
Qurilma sinfidan Printer va Skaner meros oladi, MFU esa ikkalasidan. Virtual merosxo‘rlik bilan MFU ichida Qurilma qismi faqat bitta bo‘lishini ta’minlang. Har bir konstruktor o‘z nomini chiqaradi. main() tayyor.
Kirish: Bitta qatorda qurilma modeli (bitta so‘z).
Chiqish: Konstruktorlar tartibi (Qurilma: model faqat bir marta), so‘ng model, ish() natijalari.
HP-M428
Qurilma: HP-M428 Printer Skaner MFU HP-M428 HP-M428 chop etmoqda HP-M428 skanerlamoqda
7-topshiriq: mutable kesh
Matn sinfining int sozlarSoni() const metodi so‘zlarni sanaydi. Natijani mutable maydonlarda keshlang: matn o‘zgarmaguncha qayta sanamasin. int hisoblashlar() const — haqiqiy sanashlar soni. void qosh(string) matnga so‘z qo‘shadi va keshni bekor qiladi.
Kirish: Birinchi qatorda boshlang‘ich matn. Keyin q va q ta buyruq: son yoki qosh so‘z.
Chiqish: Har bir son uchun: so‘zlar_soni hisoblashlar_soni.
bugun havo yaxshi 4 son son qosh juda son
3 1 3 1 4 2
8-topshiriq: Kesilishsiz hayvonot bog‘i
Hayvon asosiy sinfi (ism, virtual string ovoz() const — ...) va meros sinflar: Mushuk (miyov), It (vov), Sigir (mu). Hayvonlarni ko‘rsatkichlar ro‘yxatida saqlang — vector<Hayvon> da obyekt kesiladi (slicing) va hamma ... deydi. Noma’lum tur uchun oddiy Hayvon yarating.
Kirish: Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 100), keyin n qatorda: tur (mushuk, it, sigir yoki boshqa so‘z) va ism.
Chiqish: Har bir hayvon uchun ism: ovoz, oxirida Jami: n.
3 mushuk Mosh it Bobik sigir Bura
Mosh: miyov Bobik: vov Bura: mu Jami: 3
9-topshiriq: Ombor tizimi
Mahsulot (nom, miqdor, narx) sinfi invariantni saqlaydi: miqdor hech qachon manfiy bo‘lmaydi. Ombor sinfi mahsulotlarni boshqaradi. Buyruqlar: kirim nom miqdor narx (yangi mahsulot yoki mavjudiga qo‘shish; narx yangilanadi), chiqim nom miqdor, qoldiq nom, hisobot — barcha mahsulotlar nom bo‘yicha alifbo tartibida va umumiy qiymat.
Kirish: q (1 ≤ q ≤ 1000) va q ta buyruq; miqdor va narx — butun sonlar.
Chiqish: chiqim: OK, YETARLI EMAS yoki TOPILMADI. qoldiq: miqdor yoki TOPILMADI. hisobot: har bir mahsulot nom miqdor narx qatorida, oxirida Jami: qiymat (miqdor × narx yig‘indisi).
6 kirim olma 10 5000 kirim nok 4 8000 chiqim olma 3 chiqim nok 5 qoldiq olma hisobot
OK YETARLI EMAS 7 nok 4 8000 olma 7 5000 Jami: 67000
10-topshiriq: Ko‘p bosqichli meros
Shaxs (ism, yosh) → Talaba (guruh) → Magistrant (ilmiy rahbar) zanjirini yozing. Har bir sinfda virtual string malumot() const bor va u asosiy sinf versiyasini chaqirib, o‘z qismini qo‘shadi: Shaxs::malumot() → ism, yosh.
Kirish: Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 100). Keyin: shaxs ism yosh, talaba ism yosh guruh yoki magistrant ism yosh guruh rahbar.
Chiqish: Har bir obyekt uchun malumot() natijasi: ism, yosh, ism, yosh | guruh: G, ism, yosh | guruh: G | rahbar: R.
3 shaxs Ali 40 talaba Vali 19 911-24 magistrant Guli 23 M-01 Karimov
Ali, 40 Vali, 19 | guruh: 911-24 Guli, 23 | guruh: M-01 | rahbar: Karimov