Operatorlarni qayta yuklash
Laboratoriya ishi oxirida siz quyidagilarni bajara olasiz...
Qanday bajariladi va qanday baholanadi?
Ish tartibi
- Saytga login va parolingiz bilan kiring: emro.uz/dasturlash1/kirish.html
- 14-laboratoriya sahifasini oching (oxirgi slayddagi QR kod).
- Har bir topshiriq: shartni o‘qing → kodni yozing → ▶ Sinab ko‘ring.
- ✓ Topshiring — server kodni yashirin testlar bilan tekshiradi.
- Kod va natija o‘qituvchiga boradi; o‘qituvchi ko‘rib chiqib baho qo‘yadi.
Baholash mezonlari
- To‘g‘rilik — barcha testlardan o‘tish (asosiy mezon).
- Kod sifati — tushunarli nomlar, formatlash, kerakli izohlar.
- Mustaqillik — ko‘chirilgan kod baholanmaydi; kodingizni tushuntira olishingiz kerak.
- Muddat — muddatdan keyin topshirilgan ish “kechikkan” deb belgilanadi.
5-topshiriq: Matritsa operatorlari
Matritsa sinfi uchun + (o‘lchamlari teng bo‘lsa), * (A ustunlari soni = B satrlari soni bo‘lsa) va << ni yozing. Amalni bajarib bo‘lmasa, mos xabar chiqaring.
Kirish: n m va A matritsa (n qator), so‘ng p r va B matritsa (p qator). 1 ≤ n, m, p, r ≤ 30, |element| ≤ 1000.
Chiqish: Avval A+B: qatori va yig‘indi (yoki A+B: mumkin emas), so‘ng A*B: qatori va ko‘paytma (yoki A*B: mumkin emas).
2 2 1 2 3 4 2 2 5 6 7 8
A+B: 6 8 10 12 A*B: 19 22 43 50
6-topshiriq: Vaqt: ++ va -
Vaqt sinfi (hh:mm:ss, sutka bo‘yicha aylanadi) uchun: prefiks ++v va postfiks v++ (1 sekund qo‘shadi), v += s (s sekund, manfiy ham bo‘lishi mumkin), a - b (ikki vaqt orasidagi sekundlar farqi, int) va << operatorlarini yozing. Postfiks ++ eski qiymatni qaytaradi.
Kirish: Ikki qatorda ikki vaqt hh mm ss, uchinchi qatorda butun son s (|s| ≤ 10⁹).
Chiqish: main() chiqaradigan besh qator (operatorlar to‘g‘ri bo‘lsa).
23 59 59 00 00 10 -20
23:59:59 00:00:00 00:00:11 11 23:59:40
7-topshiriq: Funktor: filtr
Filtr sinfi funktor: bool operator()(long long x) const sonni shartga mosligini tekshiradi. Shartlar: juft, karrali k, oraliq a b (a ≤ x ≤ b). Filtrni count_if va copy_if (yoki sikl) bilan qo‘llang.
Kirish: Birinchi qatorda filtr turi va parametrlari, ikkinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 10⁵), uchinchi qatorda n ta butun son.
Chiqish: Ikki qator: mos sonlar soni va ularning o‘zi kiritish tartibida (bo‘lmasa ikkinchi qator bo‘sh).
karrali 3 6 1 3 6 7 9 10
3 3 6 9
8-topshiriq: KattaSon: qo‘shish va taqqoslash
long long ga sig‘maydigan manfiy bo‘lmagan butun sonlar uchun KattaSon sinfini yozing: satrdan konstruktor, operator+, operator<, operator== va operator<<.
Kirish: Ikki qatorda ikki son (har biri 1…1000 xonali, boshida ortiqcha nol yo‘q, faqat 0 soni 0 ko‘rinishida).
Chiqish: Ikki qator: yig‘indi va taqqoslash belgisi (<, > yoki =).
99999999999999999999 1
100000000000000000000 >
9-topshiriq: KattaSon: ko‘paytirish va faktorial
KattaSon sinfiga operator* (ikki katta son ko‘paytmasi) ni qo‘shing. Uning yordamida ikki sonning ko‘paytmasini va n! ni hisoblang.
Kirish: Birinchi ikki qatorda ikki son (har biri 1…300 xonali, ortiqcha nolsiz), uchinchi qatorda n (0 ≤ n ≤ 100).
Chiqish: Ikki qator: ko‘paytma (ortiqcha nolsiz; natija 0 bo‘lsa — 0) va n!.
12345678901234567890 98765432109876543210 25
1219326311370217952237463801111263526900 15511210043330985984000000
10-topshiriq: Versiyalar: <=> operatori
Dastur versiyalari 1.10.2 ko‘rinishida yoziladi va qismlar son sifatida solishtiriladi: 1.10.0 > 1.9.5, 2.0 > 1.99.99, 1.2 < 1.2.1. Versiya sinfiga C++20 <=> (yoki < va ==) operatorini yozib, versiyalarni saralang va eng yangisini toping.
Kirish: Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 1000), keyin n ta versiya (1…5 qism, har bir qism 0…10⁶, ortiqcha nolsiz).
Chiqish: Saralangan versiyalar (o‘sish tartibida, har biri alohida qatorda), oxirida Eng yangi: versiya.
4 1.10.0 1.9.5 2.0 1.2
1.2 1.9.5 1.10.0 2.0 Eng yangi: 2.0