Takrorlanish operatorlari
Laboratoriya ishi oxirida siz quyidagilarni bajara olasiz...
Qanday bajariladi va qanday baholanadi?
Ish tartibi
- Saytga login va parolingiz bilan kiring: emro.uz/dasturlash1/kirish.html
- 4-laboratoriya sahifasini oching (oxirgi slayddagi QR kod).
- Har bir topshiriq: shartni o‘qing → kodni yozing → ▶ Sinab ko‘ring.
- ✓ Topshiring — server kodni yashirin testlar bilan tekshiradi.
- Kod va natija o‘qituvchiga boradi; o‘qituvchi ko‘rib chiqib baho qo‘yadi.
Baholash mezonlari
- To‘g‘rilik — barcha testlardan o‘tish (asosiy mezon).
- Kod sifati — tushunarli nomlar, formatlash, kerakli izohlar.
- Mustaqillik — ko‘chirilgan kod baholanmaydi; kodingizni tushuntira olishingiz kerak.
- Muddat — muddatdan keyin topshirilgan ish “kechikkan” deb belgilanadi.
5-topshiriq: Ko‘paytirish jadvali
Son n berilgan. Uning 1 dan 10 gacha ko‘paytirish jadvalini chiqaring.
Kirish: Bitta butun son n (|n| ≤ 10000).
Chiqish: 10 qator, har biri n x i = natija ko‘rinishida (masalan, 7 x 3 = 21).
7
7 x 1 = 7 7 x 2 = 14 7 x 3 = 21 7 x 4 = 28 7 x 5 = 35 7 x 6 = 42 7 x 7 = 49 7 x 8 = 56 7 x 9 = 63 7 x 10 = 70
6-topshiriq: EKUB va EKUK
Ikki natural son berilgan. Ularning eng katta umumiy bo‘luvchisi (EKUB) va eng kichik umumiy karralisini (EKUK) toping.
Kirish: Ikki butun son a, b (1 ≤ a, b ≤ 10⁹).
Chiqish: Ikki qator: EKUB va EKUK.
12 18
6 36
7-topshiriq: Fibonachchi sonlari
Fibonachchi ketma-ketligining dastlabki n ta hadini chiqaring: 1, 1, 2, 3, 5, 8, … (har bir had oldingi ikkitasining yig‘indisi).
Kirish: Bitta butun son n (1 ≤ n ≤ 90).
Chiqish: Bitta qatorda n ta son, bo‘sh joy bilan.
7
1 1 2 3 5 8 13
8-topshiriq: Mukammal sonlar
O‘zidan boshqa bo‘luvchilari yig‘indisi o‘ziga teng son mukammal deyiladi (6 = 1 + 2 + 3). n dan oshmaydigan barcha mukammal sonlarni chiqaring.
Kirish: Bitta butun son n (1 ≤ n ≤ 10000).
Chiqish: Mukammal sonlar o‘sish tartibida, bo‘sh joy bilan. Bunday son bo‘lmasa — -1.
30
6 28
9-topshiriq: Teskari son va palindrom
Natural son berilgan. Uning raqamlarini teskari tartibda yozib hosil qilingan sonni chiqaring va son palindrom (teskarisi o‘ziga teng) ekanini aniqlang.
Kirish: Bitta butun son n (1 ≤ n ≤ 10¹⁷).
Chiqish: Ikki qator: teskari son (boshidagi nollarsiz: 1200 → 21) va PALINDROM yoki PALINDROM EMAS.
12321
12321 PALINDROM
10-topshiriq: Romb
n berilgan. Yulduzchalardan balandligi 2n − 1 bo‘lgan romb chizing. O‘rtadagi qatorda 2n − 1 ta yulduzcha bo‘ladi.
Kirish: Bitta butun son n (1 ≤ n ≤ 30).
Chiqish: 2n − 1 qator. Har qatorda kerakli bo‘sh joylar va * belgilari (qator oxirida bo‘sh joy shart emas).
3
* *** ***** *** *