Funksiyalar
Laboratoriya ishi oxirida siz quyidagilarni bajara olasiz...
Qanday bajariladi va qanday baholanadi?
Ish tartibi
- Saytga login va parolingiz bilan kiring: emro.uz/dasturlash1/kirish.html
- 8-laboratoriya sahifasini oching (oxirgi slayddagi QR kod).
- Har bir topshiriq: shartni o‘qing → kodni yozing → ▶ Sinab ko‘ring.
- ✓ Topshiring — server kodni yashirin testlar bilan tekshiradi.
- Kod va natija o‘qituvchiga boradi; o‘qituvchi ko‘rib chiqib baho qo‘yadi.
Baholash mezonlari
- To‘g‘rilik — barcha testlardan o‘tish (asosiy mezon).
- Kod sifati — tushunarli nomlar, formatlash, kerakli izohlar.
- Mustaqillik — ko‘chirilgan kod baholanmaydi; kodingizni tushuntira olishingiz kerak.
- Muddat — muddatdan keyin topshirilgan ish “kechikkan” deb belgilanadi.
5-topshiriq: Hanoy minorasi
1-qoziqda n ta disk bor. Ularni 3-qoziqqa o‘tkazing: bir vaqtda bitta disk, katta disk kichigining ustiga qo‘yilmaydi. Rekursiv funksiya bilan barcha yurishlarni chiqaring.
Kirish: Bitta butun son n (1 ≤ n ≤ 10).
Chiqish: Birinchi qatorda yurishlar soni, keyin har bir yurish a -> b ko‘rinishida.
2
3 1 -> 2 1 -> 3 2 -> 3
6-topshiriq: Binomial koeffitsiyent (memo)
C(n, k) = C(n−1, k−1) + C(n−1, k), C(n, 0) = C(n, n) = 1. Rekursiv funksiya yozing va hisoblangan qiymatlarni static jadvalda eslab qoling (memoizatsiya) — aks holda katta n da juda sekin ishlaydi.
Kirish: Birinchi qatorda q (1 ≤ q ≤ 100), keyin q qatorda n k (0 ≤ k ≤ n ≤ 60).
Chiqish: Har bir so‘rov uchun C(n, k).
3 5 2 10 0 6 3
10 1 20
7-topshiriq: Lambda bilan saralash
n ta butun sonni modul (absolyut qiymat) bo‘yicha o‘sish tartibida saralang; modullari teng bo‘lsa, kichik son oldin turadi. sort funksiyasiga lambda taqqoslagich bering.
Kirish: Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 100000), ikkinchi qatorda n ta butun son (|son| ≤ 10⁹).
Chiqish: Saralangan sonlar bitta qatorda.
6 3 -1 -3 2 0 1
0 -1 1 2 -3 3
8-topshiriq: Funksiyalar jadvali
To‘rt amal uchun to‘rtta funksiya yozing (qosh, ayir, kop, bol) va ularni funksiyaga ko‘rsatkichlar massivida saqlang. Har bir so‘rovda amal belgisiga mos funksiyani massiv orqali chaqiring. Bo‘lish — butun bo‘lish; b = 0 bo‘lsa Xato.
Kirish: Birinchi qatorda q (1 ≤ q ≤ 1000), keyin q qatorda a op b (op: + - * /, |a|, |b| ≤ 10⁹).
Chiqish: Har bir so‘rov natijasi alohida qatorda.
4 7 + 5 7 - 5 7 * 5 7 / 5
12 2 35 1
9-topshiriq: Shablon: eng kattasi
template <typename T> T engKatta(const vector<T>& v) shablon funksiyasini yozing. main() tayyor: u int, double yoki string turidagi qiymatlar ro‘yxati uchun funksiyani chaqiradi (satrlar alifbo tartibida solishtiriladi).
Kirish: Birinchi qatorda tur (int, double yoki string) va n (1 ≤ n ≤ 1000), ikkinchi qatorda n ta qiymat.
Chiqish: Eng katta qiymat (double — verguldan keyin 2 xona).
int 4 3 -7 12 5
12
10-topshiriq: Barcha o‘rin almashtirishlar
n berilgan. 1 dan n gacha sonlarning barcha o‘rin almashtirishlarini (permutatsiyalarini) leksikografik tartibda rekursiya yordamida chiqaring. next_permutation ishlatmang.
Kirish: Bitta butun son n (1 ≤ n ≤ 6).
Chiqish: Har bir o‘rin almashtirish alohida qatorda, sonlar bo‘sh joy bilan.
3
1 2 3 1 3 2 2 1 3 2 3 1 3 1 2 3 2 1