⌂Barcha darslar📁Dars materiallari1 / 1 9-laboratoriya ishi · Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslari — yo‘riqnoma
9
TO‘QQIZINCHI LABORATORIYA ISHI
Dasturlash 1 · C++ · 2 soat · 9-mavzu

Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslari

6 ta dasturlash topshirig‘i · avtomatik tekshiruv · o‘qituvchi bahosi
class
private
Konstruktor
virtual
9-laboratoriya ishi · Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslari
1 / 10
Ishning maqsadi

Laboratoriya ishi oxirida siz quyidagilarni bajara olasiz...

1
Tushuntirish — OYD ning to‘rt tamoyilini: inkapsulyatsiya, merosxo‘rlik, polimorfizm, abstraksiya
2
Farqlash — sinf (qolip) va obyekt (nusxa), maydon va metodni
3
Qo‘llash — public, private, protected kirish spetsifikatorlarini
4
Yozish — getter/setter va tekshiruvchi metodlarni
5
Yaratish — konstruktorlar (initsializatsiya ro‘yxati bilan) va destruktorni
6
Ishlatish — this ko‘rsatkichi, static a’zolar va const metodlarni
7
Qurish — asosiy va hosila sinflar ierarxiyasini
8
Namoyish qilish — virtual funksiyalar va abstrakt sinflar orqali polimorfizmni
9-laboratoriya ishi · Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslari
2 / 10
Ish tartibi va baholash

Qanday bajariladi va qanday baholanadi?

Ish tartibi

  1. Saytga login va parolingiz bilan kiring: emro.uz/dasturlash1/kirish.html
  2. 9-laboratoriya sahifasini oching (oxirgi slayddagi QR kod).
  3. Har bir topshiriq: shartni o‘qing → kodni yozing → ▶ Sinab ko‘ring.
  4. ✓ Topshiring — server kodni yashirin testlar bilan tekshiradi.
  5. Kod va natija o‘qituvchiga boradi; o‘qituvchi ko‘rib chiqib baho qo‘yadi.

Baholash mezonlari

  • To‘g‘rilik — barcha testlardan o‘tish (asosiy mezon).
  • Kod sifati — tushunarli nomlar, formatlash, kerakli izohlar.
  • Mustaqillik — ko‘chirilgan kod baholanmaydi; kodingizni tushuntira olishingiz kerak.
  • Muddat — muddatdan keyin topshirilgan ish “kechikkan” deb belgilanadi.
9-laboratoriya ishi · Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslari
3 / 10
Laboratoriya topshirig‘iKompyuterda mustaqil · O‘rta · 20 ball

5-topshiriq: Kasr sinfi

Kasr sinfini yozing: surat va maxraj, konstruktor kasrni qisqartiradi va maxrajni musbat qiladi. Metodlar: Kasr qosh(const Kasr&) const, Kasr kopaytir(const Kasr&) const, void chiqar() const — p/q ko‘rinishida (maxraj 1 bo‘lsa, faqat p).

Kirish: Bitta qatorda ikki kasr: a/b c/d (b, d ≠ 0, |a|, |b|, |c|, |d| ≤ 10000).

Chiqish: Ikki qator: yig‘indi va ko‘paytma.

MISOL · KIRISH
1/2 1/3
MISOL · CHIQISH
5/6
1/6
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. Kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
9-laboratoriya ishi · Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslari
4 / 10
Laboratoriya topshirig‘iKompyuterda mustaqil · O‘rta · 20 ball

6-topshiriq: Vaqt sinfi

Vaqt sinfini yozing (soat, daqiqa, sekund). void qosh(long long sek) — vaqtni oldinga suradi (manfiy bo‘lsa — orqaga), sutka aylanib o‘tadi. void chiqar() const — hh:mm:ss ko‘rinishida. main() tayyor.

Kirish: Birinchi qatorda hh mm ss, ikkinchi qatorda q (1 ≤ q ≤ 100), keyin q ta butun son (|son| ≤ 10¹²).

Chiqish: Har bir qo‘shishdan keyin vaqt hh:mm:ss ko‘rinishida.

MISOL · KIRISH
23 59 0
2
60
-120
MISOL · CHIQISH
00:00:00
23:58:00
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. Kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
9-laboratoriya ishi · Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslari
5 / 10
Laboratoriya topshirig‘iKompyuterda mustaqil · O‘rta · 20 ball

7-topshiriq: Shakllar (merosxo‘rlik)

Asosiy Shakl sinfi (virtual double yuza() const, virtual string nom() const) va undan meros olgan Doira, Kvadrat, Uchburchak (uch tomoni bo‘yicha, Geron formulasi) sinflarini yozing. Shakllarni Shakl* ro‘yxatida saqlang.

Kirish: Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 100). Keyin n qatorda: doira r, kvadrat a yoki uchburchak a b c (to‘g‘ri uchburchak).

Chiqish: Har bir shakl uchun nom: yuza (yuza 2 xona), oxirida Jami: yig‘indi. π = acos(-1).

MISOL · KIRISH
3
doira 1
kvadrat 2
uchburchak 3 4 5
MISOL · CHIQISH
Doira: 3.14
Kvadrat: 4.00
Uchburchak: 6.00
Jami: 13.14
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. Kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
9-laboratoriya ishi · Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslari
6 / 10
Laboratoriya topshirig‘iKompyuterda mustaqil · O‘rta · 20 ball

8-topshiriq: Stek sinfi

Massiv asosida Stek sinfini yozing (sig‘imi 1000): push(x), pop(), top(), size(), empty(). Bo‘sh stekda pop yoki top chaqirilsa, XATO chiqarilsin.

Kirish: Birinchi qatorda q (1 ≤ q ≤ 1000). Buyruqlar: push x, pop, top, size.

Chiqish: pop — olib tashlangan qiymat; top — yuqoridagi qiymat; size — elementlar soni. Bo‘sh stekda pop/top — XATO.

MISOL · KIRISH
6
push 5
push 7
top
pop
size
pop
MISOL · CHIQISH
7
7
1
5
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. Kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
9-laboratoriya ishi · Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslari
7 / 10
Laboratoriya topshirig‘iKompyuterda mustaqil · O‘rta · 20 ball

9-topshiriq: Xodimlar maoshi (abstrakt sinf)

Abstrakt Xodim sinfi: ism va sof virtual double maosh() const = 0. Meros sinflar: Soatbay (soat × stavka), Oylik (belgilangan summa), Savdo (asosiy + savdo summasining foizi). Barcha xodimlarni Xodim* orqali ishlating.

Kirish: Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 100). Keyin: soatbay ism soat stavka, oylik ism summa yoki savdo ism asosiy savdo foiz.

Chiqish: Har bir xodim uchun ism maosh (2 xona), oxirida Jami: yig‘indi.

MISOL · KIRISH
3
soatbay Ali 160 25000
oylik Vali 5000000
savdo Guli 2000000 30000000 5
MISOL · CHIQISH
Ali 4000000.00
Vali 5000000.00
Guli 3500000.00
Jami: 12500000.00
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. Kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
9-laboratoriya ishi · Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslari
8 / 10
Laboratoriya topshirig‘iKompyuterda mustaqil · Qiyin · 30 ball

10-topshiriq: Kutubxona

Kitob (id, nom, bandmi) va Kutubxona (kitoblar ro‘yxati) sinflarini yozing. Buyruqlar: qosh id nom — yangi kitob (id band bo‘lsa MAVJUD), ber id — kitobni berish, qaytar id — qaytarish, royxat — bo‘sh (berilmagan) kitoblar id bo‘yicha o‘sish tartibida.

Kirish: Birinchi qatorda q (1 ≤ q ≤ 1000), keyin q ta buyruq. id — butun son, nom — bitta so‘z.

Chiqish: qosh: OK yoki MAVJUD. ber: OK, BAND yoki TOPILMADI. qaytar: OK, BAND EMAS yoki TOPILMADI. royxat: har bir bo‘sh kitob id nom qatorida; bo‘sh kitob bo‘lmasa BOSH.

MISOL · KIRISH
7
qosh 2 Alpomish
qosh 1 Kecha
ber 2
ber 2
royxat
qaytar 2
royxat
MISOL · CHIQISH
OK
OK
OK
BAND
1 Kecha
OK
1 Kecha
2 Alpomish
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. Kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
9-laboratoriya ishi · Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslari
9 / 10
Topshiriqlar va topshirish

9-laboratoriya: 10 ta topshiriq

1

To‘rtburchak sinfi

Oson · 10 ball · ma’ruzada
2

Bank hisobi (inkapsulyatsiya)

O‘rta · 20 ball · ma’ruzada
3

Talaba sinfi (konstruktor)

Oson · 10 ball · ma’ruzada
4

static hisoblagich

O‘rta · 20 ball · ma’ruzada
5

Kasr sinfi

O‘rta · 20 ball
6

Vaqt sinfi

O‘rta · 20 ball
7

Shakllar (merosxo‘rlik)

O‘rta · 20 ball
8

Stek sinfi

O‘rta · 20 ball
9

Xodimlar maoshi (abstrakt sinf)

O‘rta · 20 ball
10

Kutubxona

Qiyin · 30 ball
Telefon kamerasi bilan skanerlang

Kod saytda yoziladi va server tomonidan avtomatik tekshiriladi. O‘qituvchi kodingizni ko‘rib, baho qo‘yadi.

9-laboratoriya ishi · Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslari
10 / 10
3:00
💡 Javoblar
✎ Chiqish chiptasi
🗒 O‘qituvchi eslatmalari
▶ Ushbu dars mashg‘ulotlari
💻 9-laboratoriya: topshiriqlar va topshirish📖 Mavzu matni (interaktiv dars)01 Moslashtirish02 Natijani toping03 Tasniflash04 Kodni tartiblash05 Xatoni toping06 Yakuniy sinov📁 9-mavzu materiallari
? Qanday foydalanish
MAnimatsiyani yoqish / o‘chirish
→ / SpaceKeyingi (yoki keyingi qism)
←Oldingi
BBosqichma-bosqich ochish yoq/o‘ch
OBarcha slaydlar
NO‘qituvchi eslatmalari
AJavoblar / asosiy amal
PQalam: slaydga chizish
FTo‘liq ekran
EscPanellarni yopish

Kartani ajratib ko‘rsatish uchun ustiga bosing. Tekshiruv va takrorlash slaydlarida javobni ko‘rish uchun bandni bosing. ▶ INTERAKTIV belgili slaydlar — amaliy mashg‘ulotlar.