⌂Barcha darslar📁Dars materiallari1 / 1 14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish — yo‘riqnoma
14
O‘N TO‘RTINCHI AMALIY MASHG‘ULOT
Korxona ilovalarini dasturlash · 2 soat · 14-mavzu

Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish

Jamoa loyihasi bosqichi · 5 ta PHP topshiriq · avtomatik tekshiruv · o‘qituvchi bahosi
Docker
Docker Compose
GitHub Actions
nginx
pg_dump
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
1 / 22
Mashg‘ulot maqsadi

Amaliy mashg‘ulot oxirida siz quyidagilarni bajara olasiz...

1
Yig‘ish — OmborPro uchun production image lar (app va web) va to‘liq Compose stekini: web, app, worker, scheduler, db, redis
2
Avtomatlashtirish — GitHub Actions quvurini: Pint, Larastan, Pest (PostgreSQL bilan), image ni GHCR ga yuklash va deploy
3
Joylashtirish — ilovani VPS serverga: SSH kalit, ufw, Docker, maxfiy .env, migratsiya va keshlar
4
Himoyalash — HTTPS ni yoqish, db va redis portlarini yopish, maxfiy qiymatlarni Secrets da saqlash
5
Tekshirish — ommaviy URL ishlashini (/up, kirish, buyurtma yaratish) hamda zaxira va tiklashni
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
2 / 22
Ish tartibi va baholash

Qanday bajariladi va qanday baholanadi?

Ish tartibi

  1. Saytga login va parolingiz bilan kiring: emro.uz/korxona/kirish.html
  2. 14-amaliy sahifasini oching (oxirgi slayddagi QR kod).
  3. Yo‘riqnoma bo‘yicha jamoa loyihasida bosqichni bajaring, commit va push qiling.
  4. PHP topshiriqlarni yeching: ▶ Sinab ko‘rish → ✓ Topshirish (yashirin testlar).
  5. Loyiha havolasini (GitHub repo, PR yoki tag) topshiring — o‘qituvchi baho qo‘yadi.

Baholash mezonlari

  • Natija — loyiha bosqichi mezonlar ro‘yxati bo‘yicha bajarilgan.
  • Topshiriqlar — PHP topshiriqlar testlardan o‘tgan.
  • Kod sifati — tushunarli nomlar, PSR-12, kichik va mazmunli commitlar.
  • Jamoaviy hissa — har bir a’zo o‘z qismini tushuntira oladi; ko‘chirilgan ish baholanmaydi.
  • Muddat — muddatdan keyin topshirilgan ish “kechikkan” deb belgilanadi.
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
3 / 22
01

1-qadam: production Docker Compose stek

assets va web image · entrypoint · scheduler va worker · lokal sinov
Dockerfile
compose.yaml
entrypoint
scheduler
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
4 / 22
DOCKERFILE · ASSETS VA WEB

Vite fayllari va nginx image

FROM node:20-alpine AS assets
WORKDIR /app
COPY package.json package-lock.json ./
RUN npm ci
COPY . .
RUN npm run build                  # -> public/build

FROM nginx:1.27-alpine AS web
COPY docker/nginx.conf /etc/nginx/conf.d/default.conf
COPY --from=assets /app/public /var/www/public

# app bosqichiga (ma’ruzadagi Dockerfile) qo‘shing:
# COPY --from=assets /app/public/build /var/www/public/build
# COPY --chmod=755 docker/entrypoint.sh /usr/local/bin/entrypoint
# ENTRYPOINT ["entrypoint"]
# CMD ["php-fpm"]
▶ NATIJA
$ docker build --target web -t ghcr.io/jamoa/omborpro-web:dev .
$ docker build -t ghcr.io/jamoa/omborpro:dev .
$ docker images | grep omborpro
ghcr.io/jamoa/omborpro-web   dev   52MB
ghcr.io/jamoa/omborpro       dev   151MB
AS assets
Node faqat build uchun; yakuniy image larga kirmaydi
--target web
bitta Dockerfile dan nginx image ini yig‘ish
public/build ikki joyda
nginx fayllarni beradi, Laravel manifest.json ni o‘qiydi
CMD qayta yoziladi
ENTRYPOINT asos image ning CMD ini bekor qiladi
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
5 / 22
ENTRYPOINT VA PHP.INI

Konteyner ishga tushganda keshlar

#!/bin/sh
# docker/entrypoint.sh — app, worker, scheduler uchun umumiy
set -e
if [ "$APP_ENV" = "production" ]; then
    php artisan optimize      # config, event, route, view keshlari
fi
exec "$@"                     # php-fpm | queue:work | schedule:work

# docker/php.ini
# opcache.enable=1
# opcache.validate_timestamps=0
# opcache.memory_consumption=128
# memory_limit=256M
# upload_max_filesize=20M
# post_max_size=20M
▶ NATIJA
$ docker compose logs app | head -3
   INFO  Caching framework bootstrap, configuration, and metadata.
  config ........................................ DONE
  routes ........................................ DONE
optimize ishga tushishda
keshlar serverdagi haqiqiy .env qiymatlari bilan yaratiladi
exec "$@"
asosiy jarayon PID 1 bo‘ladi va signallarni to‘g‘ri oladi
validate_timestamps=0
konteyner ichida kod o‘zgarmaydi — tekshiruv keraksiz
upload_max_filesize
nginx dagi client_max_body_size bilan mos bo‘lsin
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
6 / 22
COMPOSE · QO‘SHIMCHA

scheduler va worker ning production sozlamalari

  worker:
    <<: *app
    command: php artisan queue:work redis --tries=3 --max-time=3600
    stop_grace_period: 60s
  scheduler:
    <<: *app
    command: php artisan schedule:work
  caddy:
    image: caddy:2-alpine
    ports: ["80:80", "443:443"]
    volumes:
      - ./docker/Caddyfile:/etc/caddy/Caddyfile:ro
      - caddy_data:/data
    depends_on: [web]
    restart: unless-stopped
# web servisidan `ports` olib tashlanadi: tashqariga faqat caddy
# volumes ga qo‘shing: caddy_data: {}
▶ NATIJA
$ docker compose ps --format "table {{.Service}}\t{{.Status}}"
SERVICE     STATUS
app         Up 2 minutes
caddy       Up 2 minutes
db          Up 2 minutes (healthy)
scheduler   Up 2 minutes
worker      Up 2 minutes
stop_grace_period
worker joriy vazifani tugatishiga vaqt
schedule:work
har daqiqada routes/console.php dagi vazifalarni tekshiradi
caddy
HTTPS: Let’s Encrypt sertifikatini avtomatik oladi va yangilaydi
caddy_data
sertifikatlar volume da — qayta ishga tushganda yo‘qolmaydi
Scheduler faqat bitta nusxada ishlashi kerak — aks holda har bir vazifa ikki marta bajariladi.
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
7 / 22
02

2-qadam: GitHub Actions quvuri va deploy job

ci.yml · Secrets · branch protection · teg orqali reliz
GitHub Actions
Secrets
GHCR
Deploy job
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
8 / 22
DEPLOY JOB

Teg push qilinganda serverga chiqarish

  deploy:
    needs: [build]
    if: startsWith(github.ref, 'refs/tags/v')
    runs-on: ubuntu-latest
    environment: production
    steps:
      - name: SSH orqali deploy
        env:
          KEY: ${{ secrets.DEPLOY_SSH_KEY }}
          HOST: ${{ secrets.DEPLOY_HOST }}
          KNOWN: ${{ secrets.DEPLOY_KNOWN_HOSTS }}
        run: |
          mkdir -p ~/.ssh && chmod 700 ~/.ssh
          echo "$KEY" > ~/.ssh/id_ed25519 && chmod 600 ~/.ssh/id_ed25519
          echo "$KNOWN" > ~/.ssh/known_hosts
          ssh deploy@"$HOST" \
            "/opt/omborpro/deploy.sh ${GITHUB_REF_NAME#v}"  # 1.0.0
▶ NATIJA
deploy  ✓ SSH orqali deploy
  ✔ Container omborpro-app-1     Recreated
  ✔ Container omborpro-worker-1  Recreated
  Deploy 1.0.0: OK
if: refs/tags/v
faqat v1.0.0 kabi teglarda ishlaydi
environment: production
GitHub da tasdiq va alohida secret lar uchun
known_hosts
server kaliti oldindan ma’lum — MITM hujumidan himoya
${GITHUB_REF_NAME#v}
v1.0.0 → 1.0.0: image tegi
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
9 / 22
SECRETS

Quvur uchun kerakli maxfiy qiymatlar

NomiQayerda ishlatiladiQanday olinadi
GITHUB_TOKENGHCR ga login (build)GitHub avtomatik beradi
DEPLOY_HOSTSSH manziliVPS IP yoki omborpro.example.uz
DEPLOY_SSH_KEYServerga kirishssh-keygen -t ed25519 -f deploy_key
DEPLOY_KNOWN_HOSTSServer kalitini tekshirishssh-keyscan -H <host> (bir marta, tekshirib)
Server .envLaravel sozlamalariFaqat serverda, chmod 600 — GitHub da emas
Ochiq kalit (deploy_key.pub) serverdagi ~deploy/.ssh/authorized_keys ga qo‘shiladi.
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
10 / 22
RELIZ OQIMI

Kod o‘zgarishidan production gacha

1

Feature tarmoq → PR

lint va test avtomatik ishlaydi; kamida bitta review
›
2

main ga merge

build: image sha tegi bilan GHCR ga
›
3

git tag v1.0.0

build: image 1.0.0 tegi bilan
›
4

deploy job

SSH → deploy.sh 1.0.0 → zaxira, migratsiya, up -d
›
5

Tutun testi

/up = 200; muammo bo‘lsa deploy.sh 0.9.0 bilan qaytish
Ma’lumotlar bazasi orqaga qaytmaydi — shuning uchun migratsiyalar orqaga mos (expand/contract) bo‘lishi shart.
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
11 / 22
03

3-qadam: VPS ga joylashtirish va ommaviy URL

Server tayyorlash · ufw · Docker · HTTPS · tutun testi · topshirish
VPS
ufw
HTTPS
Smoke test
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
12 / 22
SERVER TAYYORLASH

Ubuntu VPS: foydalanuvchi, ufw, Docker

# root sifatida, bir marta
apt update && apt -y upgrade
adduser --disabled-password --gecos "" deploy
mkdir -p /home/deploy/.ssh
cp ~/.ssh/authorized_keys /home/deploy/.ssh/
chown -R deploy:deploy /home/deploy/.ssh

ufw allow OpenSSH
ufw allow 80/tcp && ufw allow 443/tcp
ufw enable

curl -fsSL https://get.docker.com -o get-docker.sh
sh get-docker.sh                  # rasmiy o‘rnatish skripti
usermod -aG docker deploy
mkdir -p /opt/omborpro/backups && chown -R deploy /opt/omborpro
# /etc/ssh/sshd_config: PasswordAuthentication no, PermitRootLogin no
▶ NATIJA
$ ufw status
Status: active
To                         Action      From
OpenSSH                    ALLOW       Anywhere
80/tcp                     ALLOW       Anywhere
443/tcp                    ALLOW       Anywhere
deploy foydalanuvchi
root emas; faqat SSH kalit bilan kiradi
ufw
faqat 22, 80, 443 — qolgani yopiq
docker guruhi
root ga teng huquq — faqat deploy foydalanuvchisiga
sshd_config
parol va root kirishini o‘chirish — brute-force dan himoya
sshd_config ni o‘zgartirishdan oldin yangi oynada deploy bilan kira olishingizni tekshiring — aks holda serverdan qulflanib qolasiz.
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
13 / 22
HTTPS

Sertifikat olishning ikki yo‘li

Caddy (stek ichida)

  • Caddyfile: domen { reverse_proxy web:80 }
  • Let’s Encrypt sertifikatini avtomatik oladi va yangilaydi
  • Tashqariga faqat Caddy ning 80/443 portlari
  • Talaba loyihasi uchun eng sodda yo‘l

Host nginx + certbot

  • Server da alohida nginx teskari proksi
  • certbot --nginx -d domen bilan sertifikat
  • Yangilash — certbot taymeri
  • Bir serverda bir nechta loyiha bo‘lsa qulay
Ikkala holatda ham DNS A yozuvi server IP siga qaratilgan bo‘lishi va 80-port ochiq bo‘lishi kerak (HTTP-01 tekshiruvi).
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
14 / 22
TUTUN TESTI

Deploydan keyin 5 daqiqalik tekshiruv

TekshiruvBuyruq / harakatKutilgan natija
Health endpointcurl -i https://domen/upHTTP/2 200
Yashirin fayllarcurl -i https://domen/.env403 yoki 404
KirishDemo menejer bilan loginBosh sahifa ochiladi
Buyurtma oqimiBuyurtma yaratish → tasdiqlashQoldiq rezervlanadi
NavbatHisobotni so‘rashWorker logida job DONE
PortlarBoshqa kompyuterdan nc -zv IP 5432Ulanish rad etiladi
Zaxira./backup.sh → test bazaga tiklashYozuvlar soni mos
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
15 / 22
Loyiha bosqichi

Natija va topshirish

Natija: OmborPro to‘liq Docker Compose stekida (web, app, worker, scheduler, db, redis) VPS serverda ommaviy URL orqali ishlaydi; har bir v* teg GitHub Actions da lint, test va build dan o‘tib, avtomatik joylashtiriladi.

Baholash mezonlari

  • Dockerfile multi-stage: composer --no-dev, pdo_pgsql, redis, opcache, pcntl; USER www-data; .dockerignore mavjud
  • compose.yaml da web, app, worker, scheduler, db, redis; db uchun healthcheck va service_healthy; db/redis portlari ochilmagan
  • nginx konfiguratsiyasi: root /var/www/public, try_files, fastcgi_pass app:9000, yashirin fayllar uchun deny all
  • GitHub Actions: lint (Pint --test, Larastan), test (Pest + PostgreSQL servis), build (GHCR) — oxirgi ishga tushirish yashil
  • Teg orqali deploy ishlaydi: deploy.sh da zaxira, migrate --force, up -d, queue:restart, tutun testi
  • Production .env: APP_ENV=production, APP_DEBUG=false, APP_KEY o‘rnatilgan; .env git da yo‘q
  • Ommaviy URL ochiladi (HTTPS yoki kelishilgan HTTP), /up 200 qaytaradi, /.env ochilmaydi
  • backup.sh cron da; README da tiklash mashqi natijasi va tutun testi jadvali yozilgan
📤 GitHub repozitoriy havolasi, reliz tegi (masalan v1.0.0) va shu teg uchun yashil GitHub Actions ishga tushirish havolasi hamda ommaviy URL ni topshiring; README da deploy bo‘limi, tutun testi jadvali va demo foydalanuvchi (test parol) ko‘rsatilsin.
Loyiha havolasini shu sahifada topshiring
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
16 / 22
Amaliy topshiriqKompyuterda mustaqil · Oson · 10 ball

4-topshiriq: .env qatorini tahlil qilish

.env faylining bitta qatorini tahlil qiling. Bo‘sh qator yoki # bilan boshlanadigan izoh — null. Aks holda qator KALIT=qiymat ko‘rinishida: kalit va qiymat chetidagi bo‘sh joylar olib tashlanadi; birinchi = bo‘yicha bo‘linadi. Kalit ^[A-Z][A-Z0-9_]*$ ga mos bo‘lmasa yoki = umuman bo‘lmasa — InvalidArgumentException. Qiymat qo‘shtirnoq yoki tirnoq bilan boshlansa — qiymat shu tirnoqdan keyingi birinchi xuddi shunday tirnoqqacha bo‘lgan qism (ichidagi # saqlanadi, yopuvchi tirnoqdan keyingisi e’tiborsiz); tirnoq yopilmagan bo‘lsa — InvalidArgumentException. Tirnoqsiz qiymatda # (bo‘sh joy + #) dan keyingi qism izoh hisoblanadi va kesiladi.

Imzo: function env_qator(string $qator): ?array

Qaytaradi: null yoki [kalit, qiymat] — ikki satrdan iborat ro‘yxat.

CHAQIRUV
env_qator('APP_NAME="OmborPro ERP"')
NATIJA
["APP_NAME","OmborPro ERP"]
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. PHP kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
17 / 22
Amaliy topshiriqKompyuterda mustaqil · O‘rta · 20 ball

5-topshiriq: Tashqariga ochiq portlarni aniqlash

Docker Compose ports yozuvlari tahlil qilinadi: servis => ['80:80', '127.0.0.1:5432:5432', ...]. Yozuv HOST:KONTEYNER yoki IP:HOST:KONTEYNER ko‘rinishida (portlar — raqamlar, IP — d.d.d.d); boshqa format — InvalidArgumentException. IP ko‘rsatilmagan yoki 0.0.0.0 bo‘lsa — port internetga ochiq (Docker ufw qoidalarini chetlab o‘tadi!). Ochiq va host porti 80 yoki 443 bo‘lmagan har bir yozuv uchun servis:hostport satrini qaytaring, alifbo tartibida, takrorsiz.

Imzo: function ochiq_portlar(array $servislar): array

Qaytaradi: Satrlar ro‘yxati, masalan ['db:5432', 'redis:6379']; xavfli port bo‘lmasa — [].

CHAQIRUV
ochiq_portlar(['web' => ['80:80', '443:443'], 'db' => ['5432:5432'], 'redis' => []])
NATIJA
["db:5432"]
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. PHP kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
18 / 22
Amaliy topshiriqKompyuterda mustaqil · O‘rta · 20 ball

6-topshiriq: Servislarni ishga tushirish tartibi

depends_on grafi berilgan: servis => [bog‘liq servislar]. Har bir servis o‘zi bog‘liq bo‘lgan barcha servislardan keyin ishga tushadi. Har qadamda bog‘liqliklari tayyor bo‘lgan servislar ichidan alifbo bo‘yicha eng kichigini tanlang (Kahn algoritmi). Grafda yo‘q servisga bog‘liqlik bo‘lsa — InvalidArgumentException; aylana (sikl) bo‘lsa — DomainException.

Imzo: function ishga_tushirish_tartibi(array $deps): array

Qaytaradi: Servis nomlari ro‘yxati — ishga tushirish tartibida.

CHAQIRUV
ishga_tushirish_tartibi(['web' => ['app'], 'app' => ['db', 'redis'], 'worker' => ['db', 'redis'], 'db' => [], 'redis' => []])
NATIJA
["db","redis","app","web","worker"]
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. PHP kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
19 / 22
Amaliy topshiriqKompyuterda mustaqil · Qiyin · 30 ball

7-topshiriq: CI pipeline bosqichlari va davomiyligi

GitHub Actions joblari berilgan: nom => ['needs' => [...], 'min' => daqiqa]. needs siz job 1-bosqichda; aks holda bosqichi = needs dagi joblar bosqichlarining eng kattasi + 1. Bir bosqichdagi joblar parallel ishlaydi. Job tugash vaqti = o‘z min + needs dagilarning eng kech tugash vaqti; pipeline davomiyligi — eng kech tugash vaqti (kritik yo‘l). Noma’lum job needs da bo‘lsa — InvalidArgumentException; sikl bo‘lsa — DomainException.

Imzo: function ci_bosqichlar(array $jobs): array

Qaytaradi: ['bosqichlar' => [[...], [...]], 'davomiylik' => int] — har bir bosqich ichida nomlar alifbo tartibida; joblar bo‘lmasa ['bosqichlar' => [], 'davomiylik' => 0].

CHAQIRUV
ci_bosqichlar(['lint' => ['needs' => [], 'min' => 2], 'test' => ['needs' => [], 'min' => 6], 'build' => ['needs' => ['lint', 'test'], 'min' => 4], 'deploy' => ['needs' => ['build'], 'min' => 1]])
NATIJA
{"bosqichlar":[["lint","test"],["build"],["deploy"]],"davomiylik":11}
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. PHP kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
20 / 22
Amaliy topshiriqKompyuterda mustaqil · Qiyin · 30 ball

8-topshiriq: Zaxira nusxalarni saqlash siyosati (GFS)

Har kungi pg_dump nusxalarining sanalari berilgan (Y-m-d, tartibsiz, takrorlanishi mumkin). Saqlanadi: (1) eng yangi $kunlik ta turli sana; (2) eng yangi $haftalik ta ISO hafta (o-W) ning har biridan shu haftadagi eng yangi sana. Qolganlari o‘chiriladi. Sana formati noto‘g‘ri yoki mavjud bo‘lmagan sana (2026-02-30) bo‘lsa, yoki $kunlik/$haftalik manfiy bo‘lsa — InvalidArgumentException.

Imzo: function saqlanadigan_nusxalar(array $sanalar, int $kunlik, int $haftalik): array

Qaytaradi: Saqlanadigan sanalar ro‘yxati — takrorsiz, kamayish tartibida (eng yangisi birinchi).

CHAQIRUV
saqlanadigan_nusxalar(['2026-10-27', '2026-10-26', '2026-10-25', '2026-10-24', '2026-10-19', '2026-10-18', '2026-10-12', '2026-10-05'], 2, 3)
NATIJA
["2026-10-27","2026-10-26","2026-10-25","2026-10-18"]
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. PHP kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
21 / 22
Topshiriqlar va topshirish

14-amaliy: 8 ta PHP topshiriq

1

Docker image teglari (semver)

Oson · 10 ball · ma’ruzada
2

Konteyner healthcheck holati

O‘rta · 20 ball · ma’ruzada
3

Migratsiya xavfini baholash

O‘rta · 20 ball · ma’ruzada
4

.env qatorini tahlil qilish

Oson · 10 ball
5

Tashqariga ochiq portlarni aniqlash

O‘rta · 20 ball
6

Servislarni ishga tushirish tartibi

O‘rta · 20 ball
7

CI pipeline bosqichlari va davomiyligi

Qiyin · 30 ball
8

Zaxira nusxalarni saqlash siyosati (GFS)

Qiyin · 30 ball
Telefon kamerasi bilan skanerlang

PHP kod saytda yoziladi va server tomonidan avtomatik tekshiriladi. Loyiha havolasini ham shu sahifada topshirasiz; o‘qituvchi baho qo‘yadi.

14-amaliy mashg‘ulot · Docker stek, GitHub Actions va VPS ga joylashtirish
22 / 22
3:00
💡 Javoblar
✎ Chiqish chiptasi
🗒 O‘qituvchi eslatmalari
▶ Ushbu dars mashg‘ulotlari
💻 14-amaliy: topshiriqlar va loyiha havolasi📖 Ma’ruza matni01 Moslashtirish02 Natijani toping03 Tasniflash04 Kodni tartiblash05 Xatoni toping06 Yakuniy sinov📁 14-mavzu materiallari
? Qanday foydalanish
MAnimatsiyani yoqish / o‘chirish
→ / SpaceKeyingi (yoki keyingi qism)
←Oldingi
BBosqichma-bosqich ochish yoq/o‘ch
OBarcha slaydlar
NO‘qituvchi eslatmalari
AJavoblar / asosiy amal
PQalam: slaydga chizish
FTo‘liq ekran
EscPanellarni yopish

Kartani ajratib ko‘rsatish uchun ustiga bosing. Tekshiruv va takrorlash slaydlarida javobni ko‘rish uchun bandni bosing. ▶ INTERAKTIV belgili slaydlar — amaliy mashg‘ulotlar.