⌂Barcha darslar📁Dars materiallari1 / 1 13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash — yo‘riqnoma
13
O‘N UCHINCHI AMALIY MASHG‘ULOT
Korxona ilovalarini dasturlash · 2 soat · 13-mavzu

Profillash, indekslar va keshlash

Jamoa loyihasi bosqichi · 5 ta PHP topshiriq · avtomatik tekshiruv · o‘qituvchi bahosi
N+1
Indekslar
Redis kesh
Loglash
Sentry
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
1 / 21
Mashg‘ulot maqsadi

Amaliy mashg‘ulot oxirida siz quyidagilarni bajara olasiz...

1
O‘lchash — Debugbar va so‘rovlar logi yordamida asosiy sahifalarning boshlang‘ich ko‘rsatkichlarini
2
Bartaraf etish — buyurtmalar, mahsulotlar va hisob-fakturalar sahifalaridagi N+1 muammolarini
3
Qo‘shish — haqiqiy so‘rovlar uchun indekslarni va ularni EXPLAIN ANALYZE bilan isbotlashni
4
Keshlash — hisobotlarni Redis’da teglar bilan va hodisa bo‘yicha invalidation bilan
5
Sozlash — JSON loglar, request_id, /up va /health endpointlarini
6
Yozish — “oldin/keyin” raqamlari bilan unumdorlik hisobotini (docs/performance.md)
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
2 / 21
Ish tartibi va baholash

Qanday bajariladi va qanday baholanadi?

Ish tartibi

  1. Saytga login va parolingiz bilan kiring: emro.uz/korxona/kirish.html
  2. 13-amaliy sahifasini oching (oxirgi slayddagi QR kod).
  3. Yo‘riqnoma bo‘yicha jamoa loyihasida bosqichni bajaring, commit va push qiling.
  4. PHP topshiriqlarni yeching: ▶ Sinab ko‘rish → ✓ Topshirish (yashirin testlar).
  5. Loyiha havolasini (GitHub repo, PR yoki tag) topshiring — o‘qituvchi baho qo‘yadi.

Baholash mezonlari

  • Natija — loyiha bosqichi mezonlar ro‘yxati bo‘yicha bajarilgan.
  • Topshiriqlar — PHP topshiriqlar testlardan o‘tgan.
  • Kod sifati — tushunarli nomlar, PSR-12, kichik va mazmunli commitlar.
  • Jamoaviy hissa — har bir a’zo o‘z qismini tushuntira oladi; ko‘chirilgan ish baholanmaydi.
  • Muddat — muddatdan keyin topshirilgan ish “kechikkan” deb belgilanadi.
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
3 / 21
01

1-bosqich: profillash va N+1 ni bartaraf etish

Katta test ma’lumotlari · Debugbar · eager loading · so‘rovlar soni testi
Debugbar
Seeder
with()
Pest
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
4 / 21
1-QADAM

Ma’lumot va profiler

composer require barryvdh/laravel-debugbar --dev
php artisan make:seeder PerformanceSeeder
php artisan migrate:fresh --seed --seeder=PerformanceSeeder

# so'rovlar sonini tez tekshirish (tinker)
php artisan tinker
>>> DB::enableQueryLog();
>>> Order::latest()->take(50)->get()->each->counterparty;
>>> count(DB::getQueryLog());
▶ NATIJA
Database\Seeders\PerformanceSeeder ........... 48s DONE
= 51
migrate:fresh
faqat lokal bazada! barcha jadvallarni o‘chirib qayta yaratadi
--seeder=
faqat katta hajmli seeder ishga tushadi
->each->counterparty
har bir buyurtma uchun lazy so‘rov — 51 ta
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
5 / 21
O‘LCHOV JADVALI

Boshlang‘ich nuqta (baseline) — namuna

SahifaSo‘rovlar (oldin → keyin)Vaqt (oldin → keyin)Nima qilindi
/orders (50 ta)103 → 62,4 s → 180 mswith(['counterparty', 'warehouse']), withCount('items')
/orders/{id}38 → 4420 ms → 60 msload('items.product', 'invoice.payments')
ProductTable (Livewire)62 → 3900 ms → 110 mswith('category'), stocks yig‘indisi withSum()
GET /api/v1/products41 → 3350 ms → 70 mswith() + whenLoaded() resursda
Dashboard12 → 123,1 s → 3,1 sN+1 emas — og‘ir agregatsiya: 2-bosqichda kesh
Raqamlar — namuna. O‘z loyihangizda haqiqiy o‘lchovlarni yozing; bir xil ma’lumot va bir xil muhitda o‘lchang.
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
6 / 21
REGRESSIYA TESTI

So‘rovlar soni buyurtmalar soniga bog‘liq emas

<?php

use App\Models\Order;
use App\Models\User;
use Illuminate\Support\Facades\DB;

it('orders sahifasida N+1 yo‘q', function () {
    $this->actingAs(User::factory()->create());

    $count = function (int $n): int {
        Order::factory()->count($n)->hasItems(3)->create();
        DB::flushQueryLog();
        DB::enableQueryLog();
        $this->get('/orders')->assertOk();
        return count(DB::getQueryLog());
    };
    expect($count(5))->toBe($count(25));
});
▶ NATIJA
PASS  Tests\Feature\OrdersPerformanceTest
✓ orders sahifasida N+1 yo‘q                0.84s
$count(5) vs $count(25)
N+1 bo‘lsa, ikkinchi son katta chiqadi va test yiqiladi
DB::flushQueryLog()
ma’lumot tayyorlash so‘rovlari hisobga kirmaydi
hasItems(3)
factory’ning sehrli has{Munosabat} metodi: har buyurtmaga 3 ta pozitsiya
Ikkinchi chaqiruvda bazada 30 ta buyurtma bo‘ladi — bu atayin: hajm oshsa ham so‘rovlar soni o‘zgarmasligi kerak.
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
7 / 21
02

2-bosqich: indekslar va hisobotlarni keshlash

So‘rovlarni yig‘ish · indeks migratsiyasi · EXPLAIN ANALYZE · Redis kesh va invalidation
Indeks
EXPLAIN ANALYZE
Redis
Cache::tags
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
8 / 21
INDEKS MIGRATSIYASI

add_performance_indexes

public function up(): void
{
    Schema::table('orders', function (Blueprint $table) {
        $table->index(['status', 'created_at']);
        $table->index('counterparty_id');
    });
    Schema::table('stock_movements', function (Blueprint $table) {
        $table->index(['product_id', 'created_at']);
    });
    Schema::table('invoices', function (Blueprint $table) {
        $table->index(['status', 'due_at']);
    });
}
public function down(): void
{
    Schema::table('orders', fn (Blueprint $t) => $t->dropIndex(
        ['status', 'created_at']));
}
▶ NATIJA
INFO  Running migrations.
2026_10_27_120000_add_performance_indexes ...... 1.2s DONE
index([...])
har bir indeks — sekin so‘rovlar ro‘yxatidagi aniq so‘rov uchun
dropIndex([...])
ustunlar massivi bo‘yicha Laravel indeks nomini o‘zi tiklaydi
down()
namuna qisqartirilgan: har bir index() uchun dropIndex() yozing
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
9 / 21
ISBOT

EXPLAIN (ANALYZE, BUFFERS): oldin va keyin

-- muddati o'tgan to'lanmagan hisob-fakturalar
EXPLAIN (ANALYZE, BUFFERS)
SELECT id, number, total, paid_amount
FROM invoices
WHERE status = 'unpaid' AND due_at < '2026-10-27'
ORDER BY due_at
LIMIT 100;

-- migratsiyadan keyin statistikani yangilash
ANALYZE invoices;
▶ NATIJA
-- oldin:  Seq Scan on invoices ... Rows Removed by Filter: 118930
--         Buffers: shared hit=2210   Execution Time: 28.7 ms
-- keyin:  Index Scan using invoices_status_due_at_index on invoices
--         Buffers: shared hit=9      Execution Time: 0.3 ms
BUFFERS
nechta sahifa (8 KB) o‘qilganini ko‘rsatadi — vaqtdan barqarorroq ko‘rsatkich
ANALYZE invoices
planner statistikasini yangilaydi
oldin/keyin
ikkala reja ham docs/performance.md ga qo‘shiladi
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
10 / 21
REDIS

Dashboard keshi va invalidation

public function dashboard(int $whId): array
{
    return Cache::tags(['reports', "warehouse:{$whId}"])->remember(
        "report:dashboard:v1:wh={$whId}",
        now()->addMinutes(5),
        fn () => [
            'today_orders' => $this->todayOrders($whId),
            'low_stock' => $this->lowStockCount($whId),
            'unpaid_total' => $this->unpaidTotal(),
        ],
    );
}

// app/Listeners/FlushReportCache.php
public function handle(OrderConfirmed $event): void
{
    Cache::tags(["warehouse:{$event->order->warehouse_id}"])->flush();
}
▶ NATIJA
GET /dashboard  1-marta: MISS  12 SQL  3,1 s
GET /dashboard  2-marta: HIT    0 SQL  95 ms
OrderConfirmed → flush → 3-marta: MISS
v1
hisobot formati o‘zgarsa v2 — eski kesh avtomatik ishlatilmay qoladi
now()->addMinutes(5)
invalidation unutilsa ham ma’lumot 5 daqiqadan ortiq eskirmaydi
warehouse:{id}
faqat o‘zgargan omborning keshi tozalanadi
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
11 / 21
03

3-bosqich: loglash, health endpoint va unumdorlik hisoboti

JSON kanal va request_id · /up va /health · Sentry (ixtiyoriy) · docs/performance.md
JSON log
/health
Sentry
Hisobot
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
12 / 21
SINOV

Health endpointni tekshirish

curl -i https://omborpro.test/up
curl -s https://omborpro.test/health | jq .status

docker compose stop db
curl -s -o /dev/null -w "%{http_code}\n" https://omborpro.test/up
curl -s -o /dev/null -w "%{http_code}\n" https://omborpro.test/health
docker compose start db

# loglarda parol yo'qligini tekshirish
grep -ri "password" storage/logs/ || echo 'toza'
▶ NATIJA
HTTP/1.1 200 OK
"ok"
500
503
toza
/up → 500
DiagnosingHealth listener’idagi DB::select istisno tashladi
/health → 503
muhim tekshiruv (database) ishlamadi — fail
grep ... || echo
hech narsa topilmasa “toza” chiqadi
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
13 / 21
HISOBOT

docs/performance.md tuzilmasi

1

Muhit

Docker stek, PostgreSQL 16, Redis 7; ma’lumot hajmi (20 000 buyurtma va h.k.)
›
2

Usul

Debugbar, DB::getQueryLog(), EXPLAIN (ANALYZE, BUFFERS), 5 marta o‘lchab mediana
›
3

N+1

sahifalar jadvali: so‘rovlar va vaqt oldin → keyin, nima o‘zgartirildi
›
4

Indekslar

har bir indeks: qaysi so‘rov uchun, reja oldin/keyin
›
5

Kesh

kalitlar, TTL, teglar, invalidation hodisalari; HIT/MISS isboti
›
6

Kuzatuvchanlik

JSON log namunasi, request_id, /up va /health javoblari, Sentry (bo‘lsa)
Hisobot oxirida: “hali hal qilinmagan” bo‘limi — halol yozilgan cheklovlar ijobiy baholanadi.
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
14 / 21
Loyiha bosqichi

Natija va topshirish

Natija: asosiy sahifalarda N+1 muammolari bartaraf etilgan, haqiqiy so‘rovlar uchun indekslar qo‘shilgan, hisobotlar Redis’da keshlanadi, JSON loglar va health endpoint ishlaydi; “oldin/keyin” raqamlari bilan unumdorlik hisoboti tayyor.

Baholash mezonlari

  • PerformanceSeeder mavjud va kamida 10 000 ta buyurtma yaratadi; Debugbar faqat require-dev da.
  • Kamida 3 ta sahifa yoki endpoint uchun N+1 bartaraf etilgan; Model::preventLazyLoading() dev muhitda yoqilgan.
  • So‘rovlar soni buyurtmalar soniga bog‘liq emasligini tekshiruvchi kamida bitta Pest testi CI’da o‘tadi.
  • Alohida migratsiyada kamida 3 ta indeks qo‘shilgan, har biri uchun EXPLAIN ANALYZE oldin/keyin hisobotda bor.
  • Kamida bitta hisobot Redis’da teglar bilan keshlanadi; kalitda barcha parametrlar; hodisa bo‘yicha invalidation ishlaydi.
  • JSON log kanali va request_id ishlaydi; loglarda parol, token va karta raqami yo‘q.
  • /up va /health ishlaydi: baza to‘xtatilganda mos ravishda 500 va 503 qaytaradi.
  • docs/performance.md — o‘lchov jadvali, rejalar, kesh strategiyasi va qolgan muammolar bilan.
📤 GitHub’dagi perf branch’idan main ga Pull Request havolasini topshiring: PR tavsifida docs/performance.md ga havola, Debugbar skrinshotlari (oldin/keyin) va /health javobi bo‘lsin.
Loyiha havolasini shu sahifada topshiring
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
15 / 21
Amaliy topshiriqKompyuterda mustaqil · Oson · 10 ball

4-topshiriq: Apdex: foydalanuvchi qoniqishi

Javob vaqtlari $ms (millisekund) va maqsad chegarasi $t berilgan. Apdex = (qoniqarli + chidasa bo‘ladigan / 2) / jami. Qoniqarli: vaqt ≤ T; chidasa bo‘ladigan: T < vaqt ≤ 4T; qolganlari — norozi. Natija round(..., 2). Massiv bo‘sh yoki $t ≤ 0 bo‘lsa — InvalidArgumentException.

Imzo: function apdex(array $ms, int $t): float

Qaytaradi: float — 0 dan 1 gacha, 2 xona aniqlikda.

CHAQIRUV
apdex([100, 200, 300, 1500, 2500], 500)
NATIJA
0.7
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. PHP kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
16 / 21
Amaliy topshiriqKompyuterda mustaqil · O‘rta · 20 ball

5-topshiriq: Strukturali log yozuvi va niqoblash

Log darajasi $daraja (katta-kichik harf farqsiz; ruxsat etilgan: debug, info, notice, warning, error, critical, alert, emergency), xabar $xabar va kontekst $kontekst berilgan. Kontekstni rekursiv niqoblang: kaliti (katta-kichik harf farqsiz) password, token, api_key, card_number, secret bo‘lgan qiymat (massiv bo‘lsa ham) *** ga almashtiriladi; kaliti phone bo‘lgan satr 4 belgidan uzun bo‘lsa, oxirgi 4 belgidan boshqasi * bilan almashtiriladi; ichki massivlar ham shu qoidalar bilan tekshiriladi. Noma’lum daraja yoki bo‘sh (faqat bo‘sh joylardan iborat) xabar — InvalidArgumentException.

Imzo: function log_yozuvi(string $daraja, string $xabar, array $kontekst): array

Qaytaradi: ['level' => KATTA_HARFDA, 'message' => string, 'context' => array] — kalitlar shu tartibda, kontekst kalitlari tartibi o‘zgarmaydi.

CHAQIRUV
log_yozuvi('warning', 'payment.failed', ['invoice_id' => 45, 'token' => 'tok_1'])
NATIJA
{"level":"WARNING","message":"payment.failed","context":{"invoice_id":45,"token":"***"}}
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. PHP kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
17 / 21
Amaliy topshiriqKompyuterda mustaqil · O‘rta · 20 ball

6-topshiriq: Health check holatini hisoblash

Tekshiruvlar ro‘yxati berilgan: har biri ['name' => string, 'ok' => bool, 'critical' => bool, 'ms' => int]. failed — ok = false bo‘lgan tekshiruv nomlari, slow — ok = true, lekin ms > $sekinMs bo‘lganlar (ikkalasi kirish tartibida). Holat: kamida bitta muhim (critical) tekshiruv muvaffaqiyatsiz bo‘lsa — fail; aks holda failed yoki slow bo‘sh bo‘lmasa — degraded; qolgan holatda — ok. HTTP kod: fail → 503, boshqalari → 200. Ro‘yxat bo‘sh bo‘lsa — DomainException.

Imzo: function health_holati(array $tekshiruvlar, int $sekinMs = 1000): array

Qaytaradi: ['status' => string, 'http' => int, 'failed' => array, 'slow' => array] — kalitlar shu tartibda.

CHAQIRUV
health_holati([['name' => 'db', 'ok' => true, 'critical' => true, 'ms' => 4], ['name' => 'queue', 'ok' => false, 'critical' => false, 'ms' => 2]])
NATIJA
{"status":"degraded","http":200,"failed":["queue"],"slow":[]}
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. PHP kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
18 / 21
Amaliy topshiriqKompyuterda mustaqil · Qiyin · 30 ball

7-topshiriq: Teglar va TTL bilan kesh

Redis keshining soddalashtirilgan modelini yozing. put($key, $value, $ttl, $tags, $now) — qiymatni $now + $ttl gacha saqlaydi ($ttl ≤ 0 — InvalidArgumentException); get($key, $now) — qiymat yoki muddati o‘tgan/yo‘q bo‘lsa null ($now ≥ muddat — eskirgan); remember($key, $ttl, $tags, $now, $fn) — yaroqli qiymat bo‘lsa uni qaytaradi (hit), aks holda $fn() ni chaqirib saqlaydi (miss); flushTag($tag) — shu tegli barcha saqlangan yozuvlarni (muddatidan qat’i nazar) o‘chiradi va ularning sonini qaytaradi; stats() — faqat remember chaqiruvlari bo‘yicha hisob.

Imzo: final class TagCache

Qaytaradi: get/remember — saqlangan qiymat; flushTag — int; stats() — ['hits' => int, 'misses' => int].

CHAQIRUV
(function () { $c = new TagCache(); $f = fn () => 2480000; $a = $c->remember('r:10', 600, ['reports'], 0, $f); $b = $c->remember('r:10', 600, ['reports'], 100, $f); return [$a, $b, $c->stats()]; })()
NATIJA
[2480000,2480000,{"hits":1,"misses":1}]
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. PHP kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
19 / 21
Amaliy topshiriqKompyuterda mustaqil · Qiyin · 30 ball

8-topshiriq: Takroriy so‘rovlarni aniqlash (N+1 detektori)

So‘rovlar logi $sorovlar (SQL satrlar) berilgan. Har bir so‘rovni normallashtiring: 1) bir tirnoqli satr literallari (ichidagi '' bilan) → ?; 2) alohida so‘z bo‘lgan sonlar (butun yoki o‘nlik, masalan 5, 12.50) → ?; 3) in (?, ?, ...) ro‘yxati (katta-kichik harf farqsiz in) → in (?); 4) ketma-ket bo‘sh joylar bitta probelga, chetlari kesiladi. Bir xil normallashgan so‘rovlarni sanang va soni $chegara dan kichik bo‘lmaganlarini qaytaring: soni bo‘yicha kamayish, teng bo‘lsa SQL bo‘yicha alifbo tartibida. $chegara < 2 — InvalidArgumentException.

Imzo: function takroriy_sorovlar(array $sorovlar, int $chegara): array

Qaytaradi: [['sql' => string, 'count' => int], ...] — bo‘sh bo‘lishi mumkin.

CHAQIRUV
takroriy_sorovlar(['select * from orders limit 50', 'select * from counterparties where id = 3', 'select * from counterparties where id = 7', 'select * from counterparties where id = 12'], 3)
NATIJA
[{"sql":"select * from counterparties where id = ?","count":3}]
Telefon kamerasi bilan skanerlang
1. Saytga kiring (login va parol)
2. PHP kodni yozing va sinab ko‘ring
3. ✓ Topshirish
13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
20 / 21
Topshiriqlar va topshirish

13-amaliy: 8 ta PHP topshiriq

1

N+1: nechta SQL so‘rov?

Oson · 10 ball · ma’ruzada
2

Kompozit indeksning chap prefiksi

O‘rta · 20 ball · ma’ruzada
3

Hisobot uchun kesh kaliti

Oson · 10 ball · ma’ruzada
4

Apdex: foydalanuvchi qoniqishi

Oson · 10 ball
5

Strukturali log yozuvi va niqoblash

O‘rta · 20 ball
6

Health check holatini hisoblash

O‘rta · 20 ball
7

Teglar va TTL bilan kesh

Qiyin · 30 ball
8

Takroriy so‘rovlarni aniqlash (N+1 detektori)

Qiyin · 30 ball
Telefon kamerasi bilan skanerlang

PHP kod saytda yoziladi va server tomonidan avtomatik tekshiriladi. Loyiha havolasini ham shu sahifada topshirasiz; o‘qituvchi baho qo‘yadi.

13-amaliy mashg‘ulot · Profillash, indekslar va keshlash
21 / 21
3:00
💡 Javoblar
✎ Chiqish chiptasi
🗒 O‘qituvchi eslatmalari
▶ Ushbu dars mashg‘ulotlari
💻 13-amaliy: topshiriqlar va loyiha havolasi📖 Ma’ruza matni01 Moslashtirish02 Natijani toping03 Tasniflash04 Kodni tartiblash05 Xatoni toping06 Yakuniy sinov📁 13-mavzu materiallari
? Qanday foydalanish
MAnimatsiyani yoqish / o‘chirish
→ / SpaceKeyingi (yoki keyingi qism)
←Oldingi
BBosqichma-bosqich ochish yoq/o‘ch
OBarcha slaydlar
NO‘qituvchi eslatmalari
AJavoblar / asosiy amal
PQalam: slaydga chizish
FTo‘liq ekran
EscPanellarni yopish

Kartani ajratib ko‘rsatish uchun ustiga bosing. Tekshiruv va takrorlash slaydlarida javobni ko‘rish uchun bandni bosing. ▶ INTERAKTIV belgili slaydlar — amaliy mashg‘ulotlar.